Tadqiqot: geymerlar irqchilik va seksizmga moyil bo'ladi

Tadqiqot: geymerlar irqchilik va seksizmga moyil bo'ladi

Olimlar tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'zini "o'yinchi" yoxud zamonaviy tilda "geymer" deb biladigan odamlar irqchilik, jinsiy aloqa va tajovuzkorlik kabi "ekstremal xatti-harakatlar"ga moyil bo'lishadi. Izlanishlar davomida video o'yinlar o'ynaydigan minglab amerikalik odamlar so'rovdan o'tkazilgan va ularning "identifikatsiya sintezi" yoxud shaxsiyatlarining o'ziga xos xususiyatilari o'rganilgan.

Tadqiqot mualliflari ikkita mashhur o'yin jamiyati - Call of Duty va Minecraft o'rtasidagi farqni ko'rib chiqishga qaror qilishgan. Ular ushbu o'yinlarni haftasiga hech bo'lmaganda bir necha soat o'ynaydigan 600 dan ortiq geymerlar o'rtasida so'rov o'tkazishgan. Natija esa: Call of Duty o'yinlari ishqibozlari irqchilik va misoginiya kabi jamiyatga zid xatti-harakatlar bilan kuchliroq bog'langan. Minecraft o'yinchilari esa aksincha, "onlayn do'stlashish", "qardoshlik" kabi xususiyatlarga moyil deb topilgan.

"Agar geymer sifatida identifikatsiyalanish sizning shaxsingiz uchun juda muhim bo'lsa, bu biz "zaharli geymer madaniyati" deb ataydigan irqchilik, jinsiy aloqa va misoginiya kabi narsalarni aks ettiradi" deydi Reychel Kovert, Vice News'ga bergan intervyusida.

Tadqiqot faqat o'yin jamiyatining kichik, "zaharli" qismiga ishora qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, o'yin jamiyatida ko'plab ijobiy guruhlar ham mavjud.

O'QING: Mashhur messenjerda 55 milliondan ortiq akkauntlar ban qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!