Tadqiqot: Stiv Jobs uzog‘roq yashashi mumkin edi

Tadqiqot: Stiv Jobs uzog‘roq yashashi mumkin edi

Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobs 2011 yilda saraton xastaligi bilan og‘rib, hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lum bo‘lishicha, unga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo‘yilgach, afsonaviy tadbirkor jarrohlik amaliyotini rad qilgan.

Stiv Jobs 2003 yilda bedavo dard xabarini eshitgach, xirurgik davolanishlar, dori-darmon va shifoxonada yotishga shoshmadi. Ayfon ixtirochisi umrining qolgan qismini ruhiy va diniy amallarga bag‘ishlab, jahonning taniqli shifokorlarining ko‘rigi va maslahatlarini rad qilgan. Aniqrog‘i u darda chalg‘imasdan, vaqtini Apple’ga bag‘ishlashni xohlar edi.

Oradan shuncha yil o‘tib, Stiv Jobsning o‘limini tadqiq qilgan doktor Maykl Xanterning fikricha, agar Stiv tashxis qo‘yilishi bilan davolanganida uzog‘roq yashashi mumkin edi. Ammo, bu — taqdir. Garchi, Stiv Jobs dunyoni tark etgan bo‘lsa ham, undan insonlar hayotini innovatsiyalar bilan boyitayotgan jahonning eng boy kompaniyasi qoldi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!