«Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  2678
  •  21.01.2021 10:08

«Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Xiaomi korporatsiyasi ko‘pdan beri kutilayotgan Redmi Note 10 rusumli smartfonini va uning «Pro»-versiyasini Hindistonda nmoyish etmoqchi. Ishonchli insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) va 91mobiles nashri ularning ayrim xususiyatlarini e’lon qildi.

O‘QING: Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Note 10 va Redmi Note 10 Pro modellarining rasmiy namoyishi 7 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. 91mobiles nashri hatto bazaviy modelning narxigacha yozgan – 16 999 rupiy, ya’ni taxminan 233 AQSh dollari.

Ushbu fabletlar 700-seriyadagi Qualcomm Snapdragon protsessori bilan chiqariladi; katta ehtimol bilan, bu Snapdragon 750G modelidir. Lekin ularning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi ham bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Redmi Note 10 Pro 4G ham tayyor: uning nimasi Galaxy Note 20 Ultra’dan olingan?

Redmi Note 10 turkumi diagonaliga 6,67 dyuymlik, yangilanish chastotasi yuqori bo‘lgan IPS-displey bilan ta’minlanadi. Kvadrokameraning asosiy datchigi 64 megapiksellik, akkumulyatorlari esa 5000-6000 mA/soatlik bo‘lib, tezkor quvvtlanadi. Bazaviy model oq, yashil va kul rang korpuslarda bozorga chiqariladi.

Xiaomi mazkur qurilmalarini Android 11 sosidagi MIUI 12 grafik qobig‘i bilan taqdim qiladi. Ularning qanchadan sotilishi aniq emas; lekin, Ishan Argavalning yozishicha, kompaniya bu modellariga «tajovuzkor darajada arzon» narx belgilaydi. Zero, asosiy raqibi – Realme kompaniyasi Hindiston smartfon bozorida Redmi brendiga yetay deb qolgan.

Darvoqe, ushbu turkumning boshqacha – Redmi Note X nomi bilan chiqarishi haqida ham xabarlar tarqalgan.

O‘QING: TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!