«Talaba» tarif rejasini qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  8857
  •  02.09.2020 09:51

«Talaba» tarif rejasini qarshi oling!

O‘quvchilar internetdan foydalanishi uchun imtiyozli «Maktab» tarif rejasi joriy etilishi haqida yozgan edik. Mobiuz uyali aloqa operatori (Universal Mobile SystemsUMS MChJ) esa «Talaba» nomli yangi tarif rejasini taqdim etdi.

O‘QING: 25 foiz megabayt qo‘shib beriladigan aksiya muddati 6 sentyabrgacha uzaytirildi!

Ushbu tarif rejasi O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari talabalariga mo‘ljallangan. Unga boshqa tarifdan o‘tib bo‘lmaydi, faqat yangidan ulanish mumkin. Buning uchun fuqarolik pasportidan tashqari, amaldagi talabalik guvohnomasi yoki oliy o‘quv yurtida o‘qishini tasdiqlovchi boshqa hujjat ham talab etiladi.

Yangi tarif rejasida oyiga 15000 so‘mlik abonent to‘lovi evaziga 1000 megabayt, tungi vaqt uchun yana shuncha trafik, barcha yo‘nalishlar uchun chiquvchi 500 daqiqa va 500 SMS taqdim etiladi.

«Talaba» tarif rejasida abonent to‘lovini kunlik yechib olish tartibiga o‘tish imkoniyati ham mavjud. Uning boshqa shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Qachondan mobil telefon raqamingizni o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish mumkinligini bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!