Talabalar uchun arzon internetli tariflar ishlab chiqiladi

Talabalar uchun arzon internetli tariflar ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyeyov mas’ul shaxslarga O‘zbekistonning olis tumanlarini internet bilan ta’minlash va talabalar uchun arzon trafikli tariflar ishlab chiqishni topshirdi.

Bu haqda O‘zAga Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva xabar berdi, deb yozadi Gazeta.uz.

Gulchehra Rixsiyeva Prezidentga olis mintaqalarni internet bilan ta’minlash va talabalar uchun qimmat bo‘lmagan tariflar ishlab chiqish masalasi bo‘yicha murojaat qilgan.

U koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tgan yilning ikkinchi semestri, shuningdek diplom himoyalari onlayn-rejimda tashkil etilganligini qayd etdi.

6-iyuldagi majlisda Prezident Oliy ta’lim vazirligiga 25 avgustgacha barcha fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini masofadan o‘qitishga moslashtirishni topshirgan.

O‘QING: Inha universiteti talabalari muhtojlarga yordam beruvchi «Birdamlik» platformasini ishlab chiqishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!