Ta’mirlangan smartfonlar bozorining qiroli kim?

Ta’mirlangan smartfonlar bozorining qiroli kim?

Ta’mirlangan smartfonlarning jahon bozori 2020 yilning ikkinchi yarmida aksariyat mintaqalarda o‘sishni ko‘rsatdi. Ushbu o‘sish 2020 yilning birinchi yarmidagi pasayishni qoplagan va umumiy o‘sish 2019 yilga nisbatan 4 foizni tashkil etdi. Bu ma’lumotlarni Counterpoint tahlilchilari keltirishmoqda va bu yil o‘sish yanada katta bo‘lishini kutishmoqda.

O‘QING: Qaysi iPhone'lar eng ko‘p sotilyapti?

2020 yil birinchi yarmida bozor o‘sishi, asosan, COVID-19 tufayli keskin pasayib ketdi, ammo yilning ikkinchi yarmida ta’mirlangan smartfonlarga bozorda talab va taklif oshdi. Bozorlar ochilganda, barcha mintaqalarda sotuvlar 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘tarildi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ta’mirlangan smartfonlar bozorida Apple mahsulotlariga talab katta. O‘tgan yilning ikkinchi yarmida Apple'ning yangi smartfonlar jahon bozoridagi ulushi 13 foizdan sal ko‘proq, ikkilamchi bozorda esa 44 foizdan oshiq bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu bozorda Apple smartfonlarining o‘rtacha sotish narxi raqobatchilarning o‘rtacha narxidan deyarli uch baravar yuqori. Bu Apple kompaniyasining foydalanuvchi bazasini ko‘paytirishga yordam beradi, deydi tahlilchilar, boisi ishlatilgan va qayta ishlangan qurilmalar xaridorlari birinchi marta iPhone sotib olishmoqda.

O‘QING: Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda