Taniqli Android ilova sizning ham ovozingizni har 15 daqiqada yozib kelgan bo'lishi mumkin

Taniqli Android ilova sizning ham ovozingizni har 15 daqiqada yozib kelgan bo'lishi mumkin

Smartfon ekranini videoga yozib olish imkonini beradigan "iRecorder – Screen Recorder" nomli Android ilova 2021-yilning sentabr oyida Google Play Store do'koniga kiritilgan edi. Avvaliga "toza" va ishonchli ko'ringan dastur oradan bir yil o'tgach "asl basharasini" ko'rsatdi. Bu haqda ESET tadqiqotchilaridan biri – Lukas Stefanko tomonidan xabar bermoqda (The Verge orqali).

Ma'lum bo'lishicha, iRecorder skrinvideo ilovasi o'tgan yilning avgust oyidagi yangilanishidan keyin foydalanuvchilarning 1 minutlik ovozini har 15 daqiqada bir marta yozib olgan va ularni shifrlagan havola orqali dasturchining serveriga serveriga yuborib turgan.

© ESET

Bunda dastur ishlab chiquvchisi o'zining zararli kodini ochiq kodli AhMyth Android RAT (remote access trojan - masofaviy kirish troyani) ga asoslangan holda yaratgan va bu unga Google ilovalar do'konining xavfsizlik filtrlaridan o'tishga imkon bergan. Ilova Play Store'ga xabar qilinib, platformadan olib tashlagunga qadar 50 mingdan ortiq marta yuklab olingan bo'lgan.

Ta'kidlash joizki, zararli ilovalar nafaqat Google, balki Apple uchun ham begona emas. Eng yomoni, ular avvaliga yolg'on sharhlar va pullik obunalari bilan "oppoq"dek ko'rinadi. Vaqt o'tgach esa ular siz bergan ruxsatlarni sizning ma'lumotlaringizni yig'ish uchun ishlatishadi. Shunday ekan: "hushyor bo'lorish kere".

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!