Taniqli brend yo‘qolgan smartfon uchun naq 5000 yevro va’da qilyapti!

Taniqli brend yo‘qolgan smartfon uchun naq 5000 yevro va’da qilyapti!

Honor kompaniyasining Germaniyadagi bo‘limi Tvitterda shov-shuvli e’lon bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Brend Honor 20 smartfoni prototipini topib olgan insonga 5000 yevro miqdorida mukofot puli taklif qilmoqda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, marketing bo‘limi xodimi Morits Sheydl Dyusseldorf  shahriga oilasini ko‘rib kelish uchun ketayotganida Honor 20 prototipi uning ryukzagida bo‘lgan. Keyin esa noma’lum sababga ko‘ra smartfon yo‘qolib qolgan. Hozirda smartfon qayerdaligi mavhum, Honor uni yo‘qolgan, deb hisoblamoqda. Alohida belgilari: u kamera va orqa panelni yopib turuvchi kulrang tusli himoya g‘ilofida bo‘lgan.

21 may kuni Londonda yangi Honor’ning yangi flagman qurilmalari – Honor 20 va Honor 20 Pro namoyishi rejalashtirilgan. Brendning aytishicha, agarda prototip topilmasa, taqdimot bekor qilinish xavfi mavjud. Ammo bir qator foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, ushbu holat yangi qurilmalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun kompaniya tomonidan o‘ylab topilgan.

O‘QING: Displeyi «teshik» Honor V20 taqdim etildi: Kirin 980 chipi, 48 MPlik va 3D-kamera, yana Huawei’ning ko‘plab yangi texnologiyalari!