Taniqli TikTok-blogerni va yonidagi qizni kinoteatrda otib ketishdi

  •   DiMaX
  •  1755
  •  02.08.2021 13:59

Taniqli TikTok-blogerni va yonidagi qizni kinoteatrda otib ketishdi

Yaqinda Rossiyada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, TikTok bolalar uchun eng xavfli ijtimoiy tarmoq deb topilgan edi. Biz esa unda tarqalgan va bolalarning o‘limiga sabab bo‘layotgan xavfli chellenj haqida yozganmiz.

O‘QING: O‘zbekistonlik tiktoker layk uchun 26 yillik qabrni kavladi (+video)

Kuni kecha – 31 iyul sanasida Entoni Baraxas ismli amerikalik TikTok-blogerni otib ketishgan. CNN nashrining yozishicha, ushbu ijtimoiy tarmoqda uning milliontacha obunachisi mavjud.

Mazkur fojia Kaliforniyadagi kinoteatrlardan birida yuz bergan bo‘lib, unda qurbonlar soni ikkita. Ularni film seansi tugagach aniqlashgan: Baraxasning yonidagi qiz-do‘sti otib o‘ldirilgan, blogerning o‘zi esa, o‘q yegan esa-da, hali tirik bo‘lgan. Yarador holida kasalxonaga yetkazilgach, Entoni ham jon bergan.

CNN ta’kidlashicha, ushbu jinoyat bo‘yicha gumondor shaxs allaqachon qo‘lga olingan. Yigirma yashar bu yigitni mazkur qilmishga aynan nima undagani, ya’ni jinoyat motivi aytilmayapti.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!