Taniqli «ustabuzarmon» yap-yangi Xiaomi Mi 11’ni yorib ko‘rdi (video)

  •   DiMaX
  •  2218
  •  15.02.2021 17:38

Taniqli «ustabuzarmon» yap-yangi Xiaomi Mi 11’ni yorib ko‘rdi (video)

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger – Zak Nelson avvalroq Galaxy S21 Ultra flagmanining ayovsiz sinab ko‘rsatgan edi. JerryRigEverything kanali yurituvchisi endi yaqinda global bozorga chiqqan flagman – Xiaomi Mi 11 ichida nimalar borligiga qiziqdi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Redmi Note 10’ning ilk tizeri: «yong‘oqchaqar»ning munosib izdoshi!

Smartfonning ort panelini yechishingiz bilan (Zak smartfonni ayab o‘tirgani yo‘q) ko‘zga ko‘rinadigan birinchi narsa — misdan yasalgan salmoqligina quvvatlash paneli. Mi 11 simsiz quvvatlanishi va 50 Vt.gacha kuchlanishga bardoshliligini ta’minlaydigan narsa shu.

Telefon korpusidagi qismlar yashil vintlar bilan qotirilgan. Kamera blokining ichki tomoni metalldan yasalgan. 4600 mA/soatlik batareyasi yaxlit ko‘ringani bilan ikki bo‘lakdan iborat. Bu smartfonning qayta quvvatlanish tezligini oshiradi.

Smartfonning juda ko‘p mis, termoplast, grafit plyonka ishlatilgan mukammal sovitish tizimiga ham Zak yaxshi baho berdi.

Darvoqe, Zak Nelson yaqinda 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlari reytingini e’lon qilgan edi.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.