Tanishing, bu o'zga sayyoralik G-nusmas!

Tanishing, bu o'zga sayyoralik G-nusmas!

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi endi yangi maskot qahramoniga ega. Uning ismi G-nusmas bo'lib, u yaqinda Bespoke nashridagi Galaxy Z Flip 3 reklamasi paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung o'zining "G-nusmas" 3D qahramoni savdo belgisi uchun allaqachon Yevropa Ittifoqining Intellektual mulk idorasiga ariza topshirgan. Yoqimtoy ko'rinishdagi o'zga sayyorlikning "Tovar va Xizmatlar" ostida ro'yxatdan o'tkazilganidan bilish mumkinki, u kompaniyaning yangi "yuzi" bo'ladi. 

Garchi tovar belgisi uchun arizadan ko'p narsani bilib bo'lmasa ham, uning ismi sizga ham tanish tuyulayotgan bo'lishi aniq. "G-nusmas" - bu "Samsung" nomining teskarisiga yozilgan va birinchi harfdan keyin chiziqcha qo'shilgan variantidir.

Hozircha o'zga sayyoralik haqida ko'p narsalar ma'lum emas, lekin biz uni yaqinlashib kelayotgan Galaxy Unpacked taqdimotida ko'rishimiz mumkin.

Ta'kidlash joizki, o'tgan yili 3D ko'rinishda yaratilgan Samantha ismli qiz ham Samsung kompaniyasining yangi maskot qahramoni bo'lishi mish-mish qilingan va uning ko'plab suratlari internetda tarqalgan edi. Biroq uning na haqiqiyligi, na haqiqiy emasligi haqida rasmiy ma'lumot bor. 

O'QING: Iyul oyining eng kuchli smartfonlari top o‘ntaligi