Tanishing: gibrid klaviatura yoki sichqoncha(foto)

Tanishing: gibrid klaviatura yoki sichqoncha(foto)

Klaviatura yoki sichqoncha bitta qurilmada! Bu kompyuter foydalanuvchilariga (ayniqsa, dasturchilarga) ancha qulaylik yaratadi. Ya’ni ular klaviaturadan qo‘llarini olmasdan ishlash imkoniga ega bo‘ladilar.

Umuman olganda, gibrid klaviatura yoki sichqoncha haqida quyidagilarni aytish mumkin:

-         qurilma 3D printer orqali ishlab chiqarilgan;

-         tugmachalari mexanik, bir xil rangli va ortiqcha ovozdan holi;

-         barcha tugmalar barmoqlar ostida joylashgan, barmoqlarni ortiqcha harakatlantirishga hojat yo‘q;

-         asosiy afzalligi shuki, odatiy klaviaturada joylashgan 6 ta qator ushbu mo‘jazgina klaviaturaning bitta barmoq bilan ishlasa bo‘ladigan 3 ta qatorida joylashgan;

-         oldingidek bitta barmoq bilan faqat “probel”ni emas, balki 8 ta tugmachani bosish mumkin;

-         sichqonchani boshqarish esa biroz qiyinroq;

-         oddiy klaviaturaga qaraganda narxi ancha qimmatroq

Tugmalarga mos kelmaydigan belgilar maxsus funksional “qatlamlar”da joylashgan: sariq qatlamda raqamlar mavjud, ko‘k qatlamida maxsus belgilar mavjud. Masalan, 5 raqamini kiritish uchun - «Fn Yellow» + k tugmalarini bosish kerak.

Shuni unitmaslik lozimki, klaviaturadagi tugmalarni, tugmalar kombinatsiyasini dastur yordamida o‘zingizga moslab olishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Kichkina demang bizni..: Klaviatura ustida yugirayotgan bola

Zotan, klaviatura joylashuvi yetarlicha standart bo‘lsada, har bir tugma uchun qo‘shimcha kod yozib, o‘zgartirib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Klaviatura sizda qanchalik taassurot qoldirsa, sichqoncha ham shunday taassurot qoldiradi.

O‘QING: Galaxy Tab S4 planshet tarmoqlarda paydo bo‘ldi: g‘ilofli-klaviatura va S Pen stilusi bilan

Yana bir muammoli tarafi odatdagi sichqonchalardan foydalanganda qo‘limizning kaft qismi harakatlansa, ushbu sichqonchada qo‘lning bilak qismidan to tirsakkacha qismi harakatga keladi. Oqibatda esa harakatga yarasha kursorning harakatlanish tezligi va aniqligi sezilarli darajada kamayadi.

Fikrimizcha, bu qurilma asosan dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Sababi, dasturchilar kod yozish uchun qo‘llarini ko‘p qimirlatishlari kerak bo‘ladi. Bu qurilma esa ularni ortiqcha harakatdan qutqaradi.

O‘QING: Kompyuteringizdan ortiqcha dasturlarsiz Wi-Fi tarqatishni bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.