Tanishing! Wi-Fi’ning yangi imkoniyatlari aniqlandi

  •   Saroy
  •  1651
  •  17.08.2018 10:12

Tanishing! Wi-Fi’ning yangi imkoniyatlari aniqlandi

Bir nechta antennali Wi-Fi-routerlar yordamida qurol va portlovchi moddalarni qidirib topish mumkin ekan.

Skanerlashning yangi tizimi avvalgilaridan oddiy, arzon, ko‘p sonli personalni talab qilmaydi. Qolaversa, tizim aeroportlarda yoki konsert zallarida sumkalarni tekshirayotganda shaxs daxlsizligiga to‘liq rioya qiladi. Ixtiro Ratgersk universitetida (Nyu-Djersi shtati) yaratildi.

Wi-Fi yordamida buyumni skanerlash va kattaligini aniqlash mumkin.

Bundan tashqari, ularni identifitsiyalash ham mumkin. Endi kim noutbuk batareyasini, yana kimdir bomba detonatorini olib ketyotganini bilish uchun  sumkalarni ochib qarash shart bo‘lmaydi. Wi-Fi shuningdek, suyuklikning, jumladan suv, kislotalar, spirtli ichimlik yoki mortlovchi modda tayyorlashda ishlatiladigan kimyoviy reaktivlarning qanchaligini ham aniqlay oladi.

O‘QING:Xiaomi ilk tugmachali telefonini taqdim etdi: uning Wi-Fi, USB-C va hatto «sun’iy ong»i ham bor! (+videolar)

Test sinovlari shuni ko‘rsatdiki, tekshirishning aniqligi xavfli ob’yektlarda 99 foizni, mitall buyumlarda 98 foiz va suyuqlik uchun 95 foizni qayd etdi. Oddiy sayyoh sumkasini skanerlashda  Wi-Fi-detektor 95 foiz aniqlikni ko‘rsatdi, agar sumka ichidagi buyum biror narsaga o‘ralgan bo‘lsa, aniqlik  90 foizga yetdi.

«Odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda, masalan  aeroportlorda sumkalarni tekshirish uchun ko‘p sonli personal kerak bo‘ladi. Biz esa inson resurslaridan kamroq foydalanish mumkin bo‘lgan vosita yaratdik», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Inin Chen. Ayni paytda esa, olimlar tizimning aniqligini yanada yaxshilash ustida ish olib bormoqdalar.

O‘QING:Galaxy Note 9 taqdim qilindi: Samsung'ning eng kuchli va qimmat smartfoni

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!