Tanlovda qatnashib, Galaxy A50 va boshqa sovrinlar yutib oling!

  •   DiMaX
  •  1897
  •  24.12.2020 10:11

Tanlovda qatnashib, Galaxy A50 va boshqa sovrinlar yutib oling!

Siz malakali dizaynermisiz yoki bu sohaga endi qadam qo‘ydingizmi? Sizda o‘z iste’dodingizni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat mavjud, deb yozmoqda UZTELECOM.

O‘QING: UZTELECOM internetni naq ikki barobarga arzonlashtirmoqda!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi «Sizning yulduzli onlaringiz keldi» deb ta’kidlaydi! O‘z ijodingizni namoyon eting va UZTELECOM hamda STARS RETAIL’ning noyob sovg‘alariga ega bo‘ling!

Buning uchun nima qilish kerak? Kompaniyaning tarif rejalari hamda xizmatlari haqida ijodiy, ma’lumotlarga boy, sifatli videorolik tayyorlang va quyidagi sovrinlarga ega bo‘ling:

  • 1-o‘rin – 3-toifadagi oltin raqam uchun sertifikat va Samsung Galaxy A50 smartfoni;
  • 2-o‘rin – 4-toifadagi oltin raqam uchun sertifikat va Samsung Galaxy Active aqlli soati;
  • 3-o‘rin – 5-toifadagi oltin raqam uchun sertifikat va Samsung Galaxy simsiz quloqchinlari.

O‘QING: Yangi yil arafasida «IKKI KARRA INTERNET» oling!

Demak, tanlov shartlari:

  • Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi UZTELECOM va STARS RETAIL sahifalariga obuna bo‘ling;
  • Ushbu e’longa layk bosing va 3 nafar do‘stingizni belgilang;
  • Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar yoki tarif rejalari haqida 15 soniyadan 2 daqiqagacha bo‘lgan videorolik tayyorlang hamda uni #UZTELECOMGIFTS  xeshtegi ostida o‘z sahifangizda targ‘ib qiling.

Eng asosiy YuTUQ bu – sizning ijod mahsulingiz mualliflik huquqini saqlab qolgan holda Kompaniya tomonidan keng targ‘ib qilinadi. Bu esa Sizning videoroligingizni butun Respublika tomosha qilishini anglatadi.

  • Tanlov 2020 yilning 21 dekbridan 2021 yilning 21 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi, voyaga yetgan fuqarolar (jismoniy shaxslar)ga ruxsat etiladi. Shuningdek, o‘z profilingizda reklamaning mahfiylik sozlamasi «Barcha uchun mavjud» holatida bo‘lishi shart.

Batafsil shartlar haqida mazkur havola orqali bilib oling va ishtirok etishga shoshiling!

O‘QING: Uyali aloqa operatoridan «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!