Tanlovga marhamat: bosh sovrini – 15 000 dollar va Alibaba ofisiga tashrif!

  •   DiMaX
  •  1002
  •  16.05.2020 10:26

Tanlovga marhamat: bosh sovrini – 15 000 dollar va Alibaba ofisiga tashrif!

Mahalliy IT startapchilar yirik xalqaro tanlovda — «Alibaba GET Global Challenge 2020» xalqaro tanlovida ishtirok etishlari mumkin. Bu to‘g‘rida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: AliExpress haqida qiziqarli 7 fakt

IT-Park Alibaba Group kompaniyasi va China Campus Network, hamda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, BMTTDning Startap-tashabbuslari va Akselerator Lab tashkilotlari bilan birgalikda O‘zbekistondagi IT sohasi bilan bog‘liq startap loyihalarini «Alibaba GET Global Challenge 2020» tanloviga taklif qiladi.

«Alibaba GET Global Challenge 2020» – dunyo bo‘ylab yoshlar uchun koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish va odamlarga kundalik hayotning barcha sohalarida yordam berish uchun Alibaba’dan xalqaro tanlov.

Tanlovning maqsadi yangi biznes paradigmasining ijobiy ta’sirini ulashish, har tomonlama rivojlanishni rag‘batlantirish, yoshlar va tadbirkorlarni ruhlantirish, shuningdek, tashkilotlar, sohalar va jamiyatlarni raqamli transformatsiyasiga yordam berish.

O‘QING: IT-yo‘nalishlar bo‘yicha bepul videodarslarga marhamat!

«Alibaba GET Global Challenge 2020» tanlovi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi va onlayn rejimda o‘tkaziladi.

Tanlov maqsadlariga mos keladigan IT-loyihalar taklif etiladi. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan har bir kishi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar 3-5 kishidan iborat jamoalarga birlashadi. Bundan tashqari, jamoada kamida bitta ingliz tilida so‘zlashadigan a’zo bo‘lishi kerak, chunki musobaqa ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro tanlovning bosh mukofoti – 15 000 AQSh dollari va Alibaba kompaniyasining bosh ofisiga to‘liq to‘lanadigan tashrif. Bundan tashqari, tanlovning barcha ishtirokchilari uchun biznesni rivojlantirish bo‘yicha treninglar va seminarlar o‘tkaziladi. Finalchilarga sovrin Alibaba kompaniyasining tajribali mutaxassislari tomonidan shaxsan taqdim etiladi.

Muhim ma’lumot: O‘zbekistonning tanlangan 36 jamoasi uchun birinchi onlayn trening 2020 yil 23 mayda bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020 yil 21 maygacha qabul qilinadi.

Alibaba GET tarmog‘ining Bosh kotibi – janob Zhou Yong tomonidan «Pandemiya davrida raqamli yechimlar butun dunyoda» mavzusida o‘tkazilgan ochiq seminarga havola: https://clck.ru/NSTyZ

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://clck.ru/NSU2w

Tanlovning rasmiy veb-sayti: https://alibabaget.uz/gc

O‘QING: «Bir million o‘zbek dasturchi» loyihasi doirasida yakuniy imtihon kuni aniq bo‘ldi