Taqdim etilmagan Meizu mblu E3 smartfonini Galaxy S9+ bilan taqqoslashdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1320
  •  16.03.2018 12:21

Taqdim etilmagan Meizu mblu E3 smartfonini Galaxy S9+ bilan taqqoslashdi (+video)

Xitoydagi Meizu kompaniyasi yaqin kunlarda o‘zining mblu E3 rusumli smartfonini taqdim etishni rejalashtirgan. Kompaniya 17 yanvarda o‘zining bu yildagi ilk smartfonini namoyish etgan edi, endi esa navbat ikkinchi modelga...

O‘QING: Meizu 150 dollarlik M6S'ni taqdim qildi

Shu paytgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Meizu mblu E3 modeli diagonaliga 5,99 dyuymlik Full HD+ displeyga ega bo‘ladi. Uning Snapdragon 636 chipseti bazasida ishlashi haqidagi ma’lumot esa rasman tasdiqlanmagan. Ushbu smartfon tezkor xotirasi 4 va 6 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 32/64/128 gigabaytlik talqinlarda taqdim etiladi.

Meizu mblu E3 asosiy kamerasi qo‘shaloq – u 20 va 12 megapikselli modullarni o‘z ichiga olgan. Selfilar uchun esa unga 8 megapikselli old kamera qo‘yilgan.

Aksariyat ishlab chiqaruvchilarning bir-biriga o‘xshash telefondan farqli ravishda, Meizu bu gadjetining barmoq izi skanerini korpusning yon tomoniga joylagan. Tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan mazkur smartfon Android Nougat operatsion tizim talqini asosidagi Flyme OS 6 grafik qobig‘ida ostida ishlaydi.

O‘QING: Yetakchi smartfonsozlar uddalay olmagan texnologiyani Meizu qoyillatdi!

Kompaniya rahbarlaridan biri – Li Nan (Li Nan) kuni kecha jurnalistlar davrasida bo‘lib, kutilmaganda Meizu mblu E3 smartfonini norasmiy vaziyatda namoyish etgan. U gadjetni ko‘rsatibgina qolmasdan, balki koreyalik texnogigantning Galaxy S9+ flagmani bilan solishtirgan ham.

Keling, shu lavhani birga tomosha qilamiz:

Ushbu norasmiy namoyish mblu E3 modeli haqidagi tarqalgan mish-mishlardagi, suratlardagi ma’lumotni tasdiqlaydi. Ya’ni, bu smartfon metall korpusli bo‘lib, ob’yektivlari iPhone X uslubida tikka joylashgan bosh kameraga ega. Shuningdek, Li Nan ta’kidiga ko‘ra, mazkur smartfon suratga olishda kupertinoliklarning superflagmanidan qolishmaydi, hatto undan o‘zib ketishi ham mumkin.

O‘QING: Meizu'ning yubiley smartfoni iPhone X'dan zo‘r!

Bulardan tashqari, Meizu mblu E3 narxi ham ma’lum bo‘lgan. Faqat Xitoyda taqdim etiladigan bu modelning eng minimal (4/32 GB xotirali) talqini 1499 yuan narxida savdoga chiqariladi, bu esa 237 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Uning maksimal – 6/128 gigabaytlik xotiraga ega variantiga esa 1999 yuan (316 dollar) miqdorida narx belgilanadi. Oraliqdagi – 64 gigabayt doimiy xotiraga ega talqinining narxi xususida hozircha ma’lumot yo‘q.

Yuqoridagi ma’lumotlarning qanchalik to‘g‘riligi tez orada aniq bo‘ladi – Meizu ushbu smartfonini 21 mart kuni rasman taqdim etishi kutilmoqda. Shundan keyin, balki, Meizu mblu E3 qurilmasiga onlayn savdo platformalari orqali buyurtma berish imkoni ham tug‘ilar.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!