Taqdim etilmagan Redmi 9 modeli Xiaomi saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2495
  •  12.05.2020 16:06

Taqdim etilmagan Redmi 9 modeli Xiaomi saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqdi!

Xiaomi kompaniyasining subbrendi kuni kecha dunyodagi eng arzon 5G-smartfon, ya’ni Redmi K30 modelini «ekstremal» versiyada chiqargan. Endi esa Redmi brendi yanada arzon smartfonlar taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Arzonchi brendning to‘qqizinchi avlod smartfoni – Redmi 9 modelining «jonli» suratlaridan bir nechtasini e’lon qilganmiz. Avvalroq uning Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani ma’lum bo‘lgan:

Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, Redmi 9 modeli MediaTek Helio G80 protsessoriga va 4 gigabaytlik tezkor xotiraga ega.

O‘QING: Redmi ikkita bestselleriga Android 10 bazasidagi MIUI 12 chiqish vaqtini aytdi

Endi esa Xiaomi rasmiy saytida ham Redmi 9 nomi paydo bo‘ldi – https://www.mi.com/global/certification/rfexposure manziliga kirsangiz, allaqachon chiqqan modellar ro‘yxatining oxirida shu model turibdi:

Bu esa Redmi 9 namoyishi yaqin ekanligining isbotidir; insayderlar uning shu may oyi oxirigacha chiqishini aytishmoqda.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: MIUI 12’gacha yangilanuvchi 32 modeldagi smartfon

Redmi 9 hali taqdim etilmay turib, «Xitoycha Apple» allaqachon arzonchi brendning o‘ninchi avlod smartfonlarini ham tayyorlab ulgurgan. Redmi 10X 4G modeli ham Geekbench ma’lumotlar bazasiga chiqdi:

Ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi 10X aslida 30 aprel kuni namoyish qilingan arzon smartfon – Redmi Note 9 modelining Xitoy bozoriga mo‘ljallangan versiyasidir. Uning texnik xususiyatlari va suratlari bilan mana bu xabarimizda tanishib olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!