Taqdimot marosimlari bekor qilinishda davom etmoqda

Taqdimot marosimlari bekor qilinishda davom etmoqda

Xiaomi yangi Redmi Note lineykasining 12 martga mo‘ljallangan taqdimot marosimi bekor qilingani haqida xabar bergan edi. Endi Realme ham o‘z taqdimoti haqida xuddi shunday xabar berdi.

Xiaomi'ning subsidiyasi kabi Realme ham marosim o‘tkazmoqchi emas. Buning o‘rniga ichki taqdimot o‘tkaziladi va bu onlayn translatsiya qilinadi.

Boshqacha qilib aytganda, Realme 6 seriyasi payshanba 5 mart kuni taqdim qilinadi, lekin marosim o‘tkazilmaydi.

Onlayn taqdimot soat 12:30 da Hindistondagi Indira Gandi yopiq stadionida o‘tkaziladi; Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra esa, yig‘ilish bo‘lmaydi. 

Shunday qilib, ertaga Realme 6, Realme 6 Pro va kompaniyaning ilk taqiluvchi gadjeti ommaga ko‘rsatiladi.Realme 6 Helio G90 chipi, 8GB tezkor xotira va Android 10 asosidagi Realme UI 1.0 qobig‘iga ega bo‘lishi kutilmoqda. Pro versiyaga esa Snapdragon 730G chipi, to‘rt kamerali modul va 90Hz yangilanish chastotali displey o‘rnatiladi. Qurilmalar uch xil rang variantida taqdim qilinadi.

O‘QING: Kutilmaganda Android 11 taqdimot tadbiri ham bekor qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!