Taqdimotdan avval OnePlus 10T'ning anboksing videosi tarqaldi

Taqdimotdan avval OnePlus 10T'ning anboksing videosi tarqaldi

OnePlus 10T ertaga, 3 avgust kuni taqdim etiladi. Biroq taqdimotdan bir kun oldin smartfonning anboksing videosi YouTube platformasida paydo bo‘ldi. Videoda ko‘rinib turibdiki, smartfon qadog‘i bir necha aksessuar to‘plamini o‘z ichiga olgan katta qizil qutida kelgan. 

Qurilma hududlarga qarab ikki xil tezlikda quvvat oladi. 220 voltli elektr ta’minotidagi davlatlar uchun 80 vatt, 110 volti ta’minotdagilar uchun esa 65 vatt. Qurilma 4,800 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

OnePlus 10T modeli 10 Pro'ga qaraganda tezroq quvvatlansa-da, unda simsiz zaryadlash imkoniyati mavjud emas. Videoda bir nechta OnePlus g‘iloflari namoyish etildi, ulardan biri o‘ziga xos dizaynga ega, ikkinchisi qora rangda.

Eslatib o‘tamiz, OnePlus 10T modeli maksimal 16/256GB xotira va 50+8+2MP kameralarga ega bo‘ladi. 

O‘QING: One UI 5 grafik qobig‘ga o‘tuvchi Galaxy smartfonlari ro‘yxati 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!