Taqdimotdan avval Xiaomi Mi 10 Ultra anboksing videosi: uni chiqarganga million dollar jarima solishdi!

  •   DiMaX
  •  3150
  •  11.08.2020 17:49

Taqdimotdan avval Xiaomi Mi 10 Ultra anboksing videosi: uni chiqarganga million dollar jarima solishdi!

«Xitoycha Apple»ning o‘n yilligiga bag‘ishlangan flagmani Xiaomi Mi 10 Pro Plus yoki Xiaomi Mi 10s nomlari bilan atab kelinayotgan edi. Yaqinda uning Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition deb nomlanishi aytilgan bo‘lsa-da, bozorga Xiaomi Mi 10 Ultra nomi bilan chiqarilishi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Redmi Note 8 Pro SE chiqdi – bir yildan beri reytinglardan tushmay kelayotgan smartfon yangi talqinda!

Uning taqdimoti bugun – 11 avgust kuni kechki payt bo‘lib o‘tadi, ammo ungacha ham mazkur smartfonning «jonli» rasm va videolari internetga chiqib ketdi. Shulardan biri – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining anboksing (raspakovka) videosi, ya’ni qadog‘ini ochib, ichidagilarni tavsiflab berilgan roligidir.

Keling, dastlab shuni birga tomosha qilamiz:

Ice Universe nikli tarmoq informatorining aytishicha, ushbu lavhani internetga chiqargan jurnalistga bir million dollar hajmida jarima solinar ekan. Uning muallifi allaqachon o‘z kanalidan bu rolikni olib tashlagan, lekin baribir ungacha yuklab olgan boshqa foydalanuvchilar tarqatishyapti.

Gap shundaki, kompaniya rasmiy taqdimotdan avval ayrim ommaviy axborot vositalariga va blogerlarga Xiaomi Mi 10 Ultra smartfonidan taqdim etgan. Lekin o‘rtadagi kelishuvga ko‘ra, ular to rasmiy namoyishgacha flagmanning rasm va videolarini ommaga oshkor etmay turishlari kerak edi.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.