Taqdimotdan oldin Poco C3 smartfonining muhim jihati ma’lum qilindi

Taqdimotdan oldin Poco C3 smartfonining muhim jihati ma’lum qilindi

Xiaomi'ning subbrendi Poco 6-oktyabr kuni Poco C3 smartfonini taqdim qilish arafasida turibdi. Kompaniya taqdimotdan oldin smartfonning orqa kamerasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Twitter'da e’lon qilingan postga ko‘ra, Poco C3 uchta orqa kameraga ega bo‘ladi. Kamera linzalari, LED chirog‘i bilan birga, to‘rtburchaksimon shakldagi modul ichiga joylangan bo‘ladi. 13 megapiksellik asosiy kameraga makro va sath kameralari sherik qilingan.

Kamera moduli ostida Poco brendi nomi tushirilgan. Tasvirdan yana ko‘rish mumkinki, qurilma ikki tusli dizaynga ega.

Kompaniya hozircha smartfonning to‘liq texnik jihatlarini e’lon qilmadi, biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Poco C3 modeli Redmi 9C'ning rebrending qilingan talqini hisoblanadi. Redmi 9C esa Helio G35 chipi, 6.53" HD+ displey, 5,000 mAs akkumulyator va 10 vattda quvvatlanish imkoniyatlarini o‘zida jamlagan.

Redmi 9C'ga, shuningdek, 5MP selfi kamera, uch modullik orqa kamera (13MP, 2MP, 2MP) o‘rnatilgan. Biroq Poco C3'dan farqli, Redmi 9C ikki tusli dizaynga ega emas.

Taqdimotdan keyingi tafsilotlar uchun bizni kuzatib boring.

O‘QING: Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!