Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  4491
  •  02.11.2019 09:51

Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

Xiaomi avvalroq taqdim etgan ikkita – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro smartfonlari Terashop.uz internet-do‘konimizda ham sotilmoqda. «Xitoycha Apple» ushbu turkumda yana bir – Redmi Note 8T modeli esa rasmiy namoyishdan avval sotuvga chiqib ulgurgan.

O‘QING: Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

YouTube-blogerlardan biri allaqachon ushbu smartfonni qadog‘idan ochib, ishlatib ham ko‘rsatgan. Mazkur videolavhaning muhim jihatlaridan biri – yangi qurilma unda oddiy Redmi Note 8 modeli bilan solishtirilganidir.

Guvohi bo‘layotganingizdek, Redmi Note 8T korpusining o‘lchami salgina kattaroq, ammo romlari qalinligi evaziga ekranining diagonali 6,3 dyuymgacha kichraygan. Original Redmi Note 8 modelida esa bu ko‘rsatkich 6,39 dyuymga teng. Apparat qismida ham, agarda NFC moduli qo‘shilganini aytmasa, bu ikki model aynan bir xil.

Redmi Note 8T shu kunlarda rasman namoyish etilishi kutilmoqda, allaqachon global bozorga chiqqan aksariyat Xiaomi smartfonlarini esa 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!