Taqdimotidan ikki hafta oldin Galaxy F41 kamerofonining anboksing videosini ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  974
  •  26.09.2020 12:57

Taqdimotidan ikki hafta oldin Galaxy F41 kamerofonining anboksing videosini ko‘ramiz!

 Samsung yangi – Galaxy F turkumida arzon kamerofonlar turkumiga asos solganligi haqida yozgan edik. Mazkur seriyaning ilk vakili – Galaxy F41 modelining rasmiy namoyish sanasini kompaniya kuni kecha e’lon qilgan, lekin xitoyliklar uni dog‘da qoldirishga ham ulgurishdi.

O‘QING: Hamyonbop kamerofon – Vivo V20 SE namoyish qilindi

Endi esa hindistonlik bloger Technical Guruji nomli YouTube-kanalida Samsung Galaxy F41 smartfonining videosini ulashdi. Lavhada u mazkur kamerofonning qadog‘ini ochib, qurilmaning o‘zini yoqib, ishlatib ko‘rsatgan.

Ushbu hamyonbop kamerofonning tashqi ko‘rinishi chindan ham Galaxy M31 «megamonstr»iga o‘xshash ekan:

Vloger bu rolikda Galaxy F41 modelining texnik xususiyatlarini oshkor etmagan. Lekin hozirgacha insayderlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Samsung uni Exynos 9611 protsessori, 6/8 GBlik tezkor va 64/128 GBlik ichki xotiralar bilan chiqaryapti. Qurilma USB-C porti orqali quvvatlanuvchi, ancha sig‘imdor – 6000 mA/soatlik akkumulyatordan tashqari, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduliga ham ega.

Samsung Galaxy F41 uch modulli bosh kamerasida asosiy sensor 65 megapiksellik bo‘lishi, selfi-kamera datchigi esa 32 megapiksellik bo‘lishini ham aytishmoqda. Kompaniya uni Hindistonda namoyish qiladi va 200–300 AQSh dollari orasida baholashi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!