Taqdimotidan oldin Galaxy Z Fold 3 hamda Z Flip 3 buklamafonlarini ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  613
  •  11.08.2021 13:41

Taqdimotidan oldin Galaxy Z Fold 3 hamda Z Flip 3 buklamafonlarini ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ring!

Shu bugunoq – 11 avgust kuni navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirida Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 smartfonlarini, Galaxy Buds 2 quloqchini hamda Galaxy Watch 4 Classic rusumli yangi aqlli soatini namoyish etmoqchi. Biz esa allaqachon bulardan dastlabki uchtasining narxlarini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Rasmiy namoyishidan avval Samsung Galaxy Buds 2 anboksing videosi chiqdi!

Rasmiy taqdimoti arafasida Samsung’ning har ikkala buklamafoni ishlayotgan holda «jonli» ko‘rsatilgan video tarqaldi. Ushbu lavha birdaniga bir nechta YouTube-kanalda e’lon qilingan bo‘lsa-da, videoxosting rahbariyati ularni muntazam o‘chirib tashlayverdi.

Shu boisdan Galaxy Z Fold 3 hamda Z Flip 3 aks ettirilgan rolikni boshqa manbadan olib ulashmoqdamiz:

 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Z Fold 3 tashqi ekrani 6,5 dyuymlik va AMOLED matritsali, ichki displeyi esa 7,5 dyuymlik bo‘ladi. Smartfon texnik ta’minoti asosini Snapdragon 888 protsessori tashkil etadi.

Galaxy Z Flip 3 esa korpusining tashqi tomonida 1,9 dyuymlik ekranga ega; uning ichki tarafida esa diagonaliga 6,7 dyuymlik, to‘laqonli buklama displey o‘rnatilgan.

O‘QING: Eng kuchli hamyonbop Samsung smartfonini anboksing videosi to‘liq fosh etdi! (+Geekbench testi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!