Taqvimingizga belgilab qo‘ying: 29 mart kuni Xiaomi taqdimot o‘tkazyapti!

Taqvimingizga belgilab qo‘ying: 29 mart kuni Xiaomi taqdimot o‘tkazyapti!

Xiaomi «Mega Launch» taqdimotini 29 mart kuni o‘tkazmoqchi. Taqdimot bir necha ijtimoiy tarmoq platformlarida jonli efirda namoyish etiladi. Kompaniya tadbirda qaysi telefonlar namoyish etilishi haqida hech narsa demagan.

O‘QING: Xiaomi’ning ilk buklamafoni – Mi Mix 4 «jonli» suratlarda!

Lekin katta ehtimol bilan marosimda Mi 11 Lite, Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra smartfonlari namoyish etiladi.

Mi 11 Lite Snapdragon 775G chipiga ega bo‘lgan birinchi smartfon bo‘ladi. Shuningdek, ushbu gadjetda 3 ta kamera bo‘lib, bular 64MP asosiy, 8MP ultrakeng, 5MP makro kamerani tashkil qiladi. Mi 11 Pro hamda Mi 11 Ultra qurilmalariga 50MP'lik Samsung kompaniyasining ISOCELL Bright GN2 sensori o‘rnatilishi kutilmoqda.

Ushbu ikki flagman, shuningdek, periskop kameraga ega bo‘lib, 120 karra gibrid zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra'ning asosiy farqi qurilmalarning zaryadlash imkoniyatidadir. Mi 11 Pro 66 vattda quvvatlansa, Mi 11 Ultra 120 vattda quvvat oladi.

O‘QING: 108MP kamerali Xiaomi Mi 10S global bozorga xitoychasidan kuchli bo‘lib chiqyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!