Tarif ichida cheksiz muloqot, yana 1 GB internet, 750 ta SMS va daqiqa – atigi 15 000 so‘mga!

  •   DiMaX
  •  2068
  •  30.03.2021 14:51

Tarif ichida cheksiz muloqot, yana 1 GB internet, 750 ta SMS va daqiqa – atigi 15 000 so‘mga!

Yaqinda Ucell uyali aloqa operatori Toshkent metrosining barcha bekatlarida uyali aloqa va mobil internet xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan edi. Shuningdek, u o‘z ofislarida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsata boshlagan.

O‘QING: Beshta hududdagi abonentlarga «Bahorgi syurpriz» bor: 2000 daqiqa, 2000 SMS va 2 GB internet!

Kompaniya endi tarif ichida cheksiz daqiqalarga ega yangi – «Mahalla» tarif rejasini joriy etdi. U faqat Ucell xizmat ko‘rsatish ofislarida va rasmiy dilerlarida yangidan ulanishda amal qiladi.

* Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.

«Mahalla» tarif rejasida limitlar qoldig‘ini tekshirish:

*102# – daqiqalar va SMS’lar;

*103# – internet-trafik MBlari.

«Mahalla» tarif rejasiga ulangan abonentlarda tarif rejasini almashtirishning vaqtinchalik imkoni yo‘q. Uning shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali Ucell saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!