Tarixda ilk bor: iPhone’lar taqdimotini YouTube orqali mana shu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1493
  •  09.09.2019 11:09

Tarixda ilk bor: iPhone’lar taqdimotini YouTube orqali mana shu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling!

Apple ertaga – 10 sentyabrda kuzgi taqdimot marosimini o‘tkazadi, unda iPhone 11 turkumidagi smartfonlar va boshqa gadjetlar namoyish etiladi. Avvalgilaridan farqli ravishda, kupertinolik korporatsiyaning bu galgi taqdimotini YouTube tarmog‘ida bevosita efirda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Bu yilgi eng arzon iPhone taqdimotdan avval Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

Uzoq vaqtgacha Apple o‘z taqdimotlarini faqat o‘z rasmiy saytida hamda maxsus ilovasidagina bevosita efirga uzatib keldi. O‘tgan yili – iPhone XS taqdim etilganida namoyish yana Twitter’da ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatildi. Nihoyat, endi Stiv Jobs kompaniyasi taqdimotini dunyodagi eng ommabop videoplatformada namoyish etishga qaror qildi.

Ayfonlardan tashqari, bu tadbirda ekrani kattalashtirilgan yangi iPad va iPad Pro planshetlari, 16 dyuymlik MacBook Pro noutbuki hamda yangi avlod Apple Watch ham taqdim qilinishi kutilmoqda.

Ushbu bevosita translyasiyani YouTube’da ko‘rish uchun, tadbir boshlangan payti, ya’ni 10 sentyabr, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da quyidagi video oynasiga kiring:

Kompaniya yaqinda tvOS uchun mo‘ljallangan «Apple taqdimotlari» ilovasini yangilagandi, ya’ni, iPhone 11’lar namoyishini unda ham ko‘rish imkoni yaratilgan. Odatdagidek, korporatsiyaning rasmiy saytida ham ushbu tadbirni bevosita tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Tayyor turing: Apple ixcham va arzon iPhone SE 2 ustida ishlayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!