Tarixdagi eng yaxshi iPhone modeli aniqlandi

  •   DiMaX
  •  3607
  •  14.02.2019 14:04

Tarixdagi eng yaxshi iPhone modeli aniqlandi

Reddit ijtimoiy yangiliklar resursining techwiz76 nikli foydalanuvchisi Apple’ning eng yaxshi smartfonini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma uyushtirdi. Boshqalar unda ovoz berib, eng ma’qul ayfonni aniqlashdi.

O‘QING: Mutaxassislar eng yaxshi va eng yomon iPhone modellarini aniqlashdi

Buning uchun foydalanuvchi 2007 yildagi original iPhone’dan boshlab so‘nggi versiyagacha – barcha ayfonlarni bitta suratda e’lon qildi. Uch kun mobaynida bu publikatsiya 9,8 mingta «layk» va 400 dan oshiq izoh to‘pladi.

Xullasi kalom, ko‘pchilik tomonidan eng ma’qul deb topilgan modellar – iPhone 5, iPhone 5S va iPhone SE (sotib olish) bo‘lib chiqdi. Ular hozirgi ayfonlardan ixcham dizayni bilan ajralib turadi.

Shuningdek, Reddit foydalanuvchilari yana iPhone 7 (xarid qilish) hamda iPhone XR (sotib olish) smartfonlarini ham maqtashgan. Eng qizig‘i shundaki, umuman smartfonsozlik tarixida yangi dizaynni boshlab bergan iPhone X (xarid qilish) yubiley flagmanini hech kim yaxshi so‘z bilan eslab o‘tmagan!

O‘QING: 2018 yilning eng yaxshi beshta smartfoni (Fortune versiyasi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.