Tarmoqda Galaxy A9 smartfoni haqida ma’lumotlar tarqadi

Tarmoqda Galaxy A9 smartfoni haqida ma’lumotlar tarqadi

Janubiy Koreyaning mashhur brendi Samsung kompaniyasining yirik o‘chlamli smartfonlar turkumiga mansub Galaxy A9 smartfonining texnik tavsiflari aks etgan rasmiy promo-fotolari internet tarmoqlarida tarqaldi, deb xabar beradi GSMArena nashri.

Galaxy A9 smarftoni Full HD sifat ko‘rsatgichga ega 6-dyuymli Super AMOLED displey bilan ta’minlangan. Shuningdek, unga 3 GB operativ xotirali Snapdragon 620 chipseti o‘rnatilgan.

Apparat Galaxy A modellar turkumidagi smartfonlar kabi metall karkas va ikki qavat oinali paneldan iborat. Qurilmanining asosiy kamerasi 13 megapiksel va u optik stabilizatsiya qilish imkoniga ega. Frontal kamera 8 megapiksel bo‘lib, u bilan panoramali tasvirga olish mumkin.

Shuningdek, mazkur qurilmaga 32 GB shaxsiy xotira kartasi o‘rnatilgan va uning hajmini yanada oshirish imkoni mavjud. Akkumulyator quvvati esa 4000mAs.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A9 smartfoniga ham barmoq skaneri o‘rnatiladi va Samsung Pay to‘lov tizimiga ega bo‘ladi. Smartfon Android 5.1.1 Lollipop operatsion tizimi asosida ishlaydi, biroq uni 6.0 gacha yangilash mumkinligi yozadi, xorijiy axborot manbalari.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!