Tarmoqlarning o‘zbek segmentida tarqalgan koronavirus haqidagi 7 yolg‘on

  •   DiMaX
  •  981
  •  27.03.2020 12:04

Tarmoqlarning o‘zbek segmentida tarqalgan koronavirus haqidagi 7 yolg‘on

O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun Antifake.uz deb nomlangan Telegram-kanal tashkil etildi. Kanalda asosan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan koronavirus bilan bog‘liq feyk xabarlar haqida ma’lumot berilmoqda, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi

Kanalda so‘nggi kunlarda tarqatilyotgan quyidagi xabarlarga raddiya berilgan:

  1. «5 apreldan O‘zbekiston bo‘ylab barcha aeroportlar o‘z ish faoliyatini tiklaydi» – YoLG‘ON.
  2. «Tadbirkor Fattoh Shodiyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 200 mln. dollar miqdorida moliyaviy yordam berdi» – YoLG‘ON.
  3. «24 martdan boshlab 2 oy mobil aloqa, internetlar mutlaqo bepul» – YoLG‘ON.
  4. «Zanjabil (imbir) iste’mol qilib yuradigan kishilarga koronavirus yuqmaydi» – YoLG‘ON.
  5. «Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida ishlovchi xodim koronavirusga chalindi» – YoLG‘ON.
  6. «Koronavirusning davosi topildi» – YoLG‘ON.
  7. «Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilar tomonidan koronavirus infeksiyasi ataylab tarqatilyapti» – YoLG‘ON.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida vahima tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Koronavirus tufayli yurtimizda ikki oy internet tekin bo‘lishi haqidagi gaplarga «O‘zbektelekom» kiritgan aniqlik, O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqlagani, koronavirus haqida rasmiy sayt ishga tushganligi, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatilishi, uyali aloqa operatorlarimiz bepul qilgan saytlar ro‘yxati, koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan yurtdoshimiz jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar ham sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

O‘QING: Karantindagi shaxslarning telefonlari nega olib qo‘yiladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!