Task Force 141 "o'z repertuarida"

Task Force 141

2019-yilgi Modern Warfare o'yinining davomi bo'lgan Modern Warfare II o'yini shu yilning 28-oktabrida chiqarilishi rasman ma'lum bo'ldi. Ikki kun avval Activision o'yinning global treylerini ko'rsatgan edi. Bugundan ochiq deb e'lon qilingan Summer Game Fest tadbiri davomida esa o'yin jarayoni qanday bo'lishi ko'rsatildi.

O'yinning kampaniya turidagi Dark Water missiyadan parcha videoda o'yinchilarning kemaga o'tib raketani zararsizlantirishi va bo'rondan omon qolishlari sahnasi ko'rsatilgan:

Bo'lajak o'yinning bu missiyasi Call of Duty: Modern Warfare 2 o'yinidagi "The Only Easy Day... Was Yesterday" va Call of Duty 4: Modern Warfare o'yinidagi "Crew Expandable" missiyalarini biroz eslatib yuboradi.

COD: MW II o'yini yuqorida aytilganidek, kelayotgan kuz faslida PS4, PS5, Xbox One, Xbox Series X/S va kompyuter uchun Battle.net/Steam platformalariga chiqariladi. Qiziquvchilar o'yinga hozirdan buyurtma berishlari va o'yinga erta kirishni qo'lga kiritishlari mumkin.

O'QING: Black Shark 5 seriyasi global bozorga chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!