Tasvirga olish bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshi qurilmasi

Tasvirga olish bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshi qurilmasi

Foto va videomahsulotlar tarmoqda saqlash va foydalanish imkonini beruvchi mashhur Flickr xostinggi 2015 yilgi “yig‘im-terim”ni boshladi. O‘tgan yili bo‘lgani kabi bu yil ham asosiy fotografiyalar smartfonlar ko‘magi bilan tushirilgan. Buni raqamlar bilan ifodalanganda, xizmatning 39% foiz foydalanuvchisi mobil telefonda olingan foto va videomahsulotlarni tarmoqqa joylagan. 31% foizi professional fotoapparatlarga murojaat qilgan bo‘lsa, 25% foizi havaskor fotoapparatlarda olingan mahsulotlarni e’lon qilgan.

Smartfonlarning bunday natijasini qurilmalarning keng tarqalgani, tarmoqqa joylash jarayonining oddiy va qulayligi bilan bog‘lash mumkin. Chunki tasvirga olingan foto va video mahsulotlarni Flickr`ning rasmiy ilovasi ko‘magida yuklash oson. Boshqa qurilmalarda esa bu jarayon uzoq va ko‘p bosqichli. Ham vaqt ketadi, ham odam ovvoragarchiligi.

Agar aniq mobil qurilmalar haqida gapirish joiz bo‘lsa, Flickr foydalanuvchilari orasida Amerika brendi iPhone`ning ustunligini aytish mumkin. Xizmatning 42% foiz foydalanuvchisi mahsulotlarni mazkur gadjetda tasvirga tushirgan.

Solishtirish uchun: Canon apparatida olingan fotolar 27% foizni tashkil etgan. Nikon`da esa bu ko‘rsatgich 16% foiz.

iPhone bundan ikki yilgina avval, ya’ni 2013 yilda mazkur reytingda Canon va Nikon fotoapparatidan keyin uchinchi o‘rinni egallagan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, smartfonlar mazkur yo‘nalishda ham “professionallar”ga asosiy raqobatchiga aylanib ulgurdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!