TATU talabalari kompyuter va androidlar uchun ilovalar yaratishdi

TATU talabalari kompyuter va androidlar uchun ilovalar yaratishdi

TATU talabalari kompyuter va androidlar uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan aloqa signali qoplanganlik darajasini aniqlaydigan "Signum" hamda joylardagi bo‘sh yer va binolarni aniqlab beradigan "BizPlace" ilovalarini yaratishdi. Bu haqda Turon24 ma’lum qildi.

Manbada yozilishicha, axborot xavfsizligi fakulteti 4-bosqich talabalari – Rustam Turg‘unov, Timur Galiullin, Sherzod Valiyev, Muhammadjon Fayziyevlar ma’lum bir hududda qaysi mobil operator to‘lqinlari yaxshiligi yoki yo‘qligini aniqlaydigan va bu haqda oldindan ma’lumot beradigan dastur ishlab chiqqan. Bu notanish hududda ishlaydigan mobil aloqa sim kartasini olib tayyorlab qo‘yishda foyda berishi aytildi.

O‘QING: TATU talabalari Madridga yo‘llanmani ko‘lga kiritishdi!

“Signum" tizimining yana bir asosiy maqsadi – signal haqidagi ma’lumotlarni generatsiya qilib, uni ochiq ko‘rinishda barchaga taqdim qilish. Bu ma’lumotlardan ochiq foydalanish imkoniyatini berib, boshqa dasturchilarga kerakli, foydali va innovatsion loyihalarida ishlatishlari uchun asqotadi.

Shuningdek, TATUning dasturiy injiniring yo‘nalishi talabasi Jamshid Sobirov tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ijaraga yoki sotib olishga eng qulay va to‘g‘ri keladigan bo‘sh yerni topib beradigan veb dastur – "BizPlace"ni yaratganini ma’lum qilgan. 

Bunda qulay joylar ochiq ma’lumotlardan foydalanilgan holda, ya’ni hududdagi aholi zichligi, yo‘l infrastrukturasining rivojlanish darajasi haqidagi ma’lumotlariga avtomatik asoslangan tarzda dastur xaritasida ko‘rsatilishi, bu esa o‘z-o‘zidan tadbirkorlarning vaqtini tejalishi aytilmoqda.

O‘QING: Beeline TATUni "eng yaxshi mingtalik"ka chiqarish rejasini e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!