«Taxtni bo‘shat, Xiaomi Mi 11» – AnTuTu rekordchisi yanvarda chiqyapti

  •   DiMaX
  •  3527
  •  31.12.2020 14:10

«Taxtni bo‘shat, Xiaomi Mi 11» – AnTuTu rekordchisi yanvarda chiqyapti

Vivo kompaniyasi kuni kecha Vivo X60 hamda X60 Pro kamerofonlarini taqdim etgan edi. Endi esa uning o‘yinbop qurilmalarga ixtisoslashgan iQOO brendi o‘zining navbatdagi flagman smartfoni namoyish kunini e’lon qildi.

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Kompaniyaning rasman ma’lum qilishicha, iQOO 7 rusumli yangi smartfon 11 yanvarda keng jamoatchilikka ko‘rsatiladi.

Ushbu geymerofon Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 888 chipseti bazasida ishlashi ma’lum. iQOO uning eng kuchli tezkor va ichki (tegishlicha 12 GBlik LPPDR5 hamda 256 GBlik UFS 3.1 standartlaridagi) xotira chiplari bilan ta’minlanganini ham aytgan.

O‘QING: “Yirik “operativka”li smartfon — marketing aldovidir!”

Shu bilan birga, iQOO 7 allaqachon ommabop AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan va... rekord o‘rnatgan! Xiaomi kompaniyasining Mi 11 flagmani bu servisda 745 ming ballga yaqin ko‘rsatkich qayd etgan bo‘lsa, bu geymerofonning ko‘rsatgan natijasi 752 935 ballga yetgan!

Ko‘rib turibmizki, AnTuTu testida markaziy protsessor 200 616 ball, grafik tezlatgich 340 539 ball olgan. Uning xotirasi 114 445 ballik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, foydalanuvchi interfeysining silliq ishlashi 97 335 ballga baholangan.

Benchmark tasdiqlashicha, iQOO 7 yangilanish chastotasi 120 gerslik, FullHD+ formatli (1080x2400 piksellik) displey bilan ta’minlangan.

O‘QING: Beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari (Gizmochina reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.