TAYYOR TURING: endi telefonda tasvirga olingan qoidabuzarliklar uchun ham jarima solinadi!

  •   DiMaX
  •  1157
  •  12.11.2020 14:42

TAYYOR TURING: endi telefonda tasvirga olingan qoidabuzarliklar uchun ham jarima solinadi!

Hukumatning yangi qaroriga muvofiq, mobil telefonga tasvirga olingan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi aks ettirilgan video va fotosuratlar bo‘yicha ham jarima qo‘llaniladi. Hukumatning tegishli qarori bilan yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid amaldagi tartibga o‘zgarish kiritildi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: O‘zbekistonda atigi 12 ming so‘mlik tok bilan 300 km yuradigan elektromobil sinalmoqda (+video)

Mamlakatda 2021 yil 1 yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bundan avval faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina ko‘rib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan, mobil telefonlarda olingan videolar jarima qo‘llash uchun asos bo‘la olmas edi.

Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin.

O‘QING: Toshkent chorrahalaridagi videokameralar oyiga qancha pul tushirayotganini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.