Tayyor turing: Xiaomi Mi 11 global bozorga bir yarim baravar qimmat narxlarda chiqadi!

  •   DiMaX
  •  817
  •  05.02.2021 09:52

Tayyor turing: Xiaomi Mi 11 global bozorga bir yarim baravar qimmat narxlarda chiqadi!

Qualcomm kompaniyasining eng kuchli chipseti – Snapdragon 888 bazasidagi ilk smartfon – Xiaomi Mi 11 modeli AnTuTu benchmarkining o‘tgan yildagi so‘nggi reytingida shohsupaga ko‘tarilgan. Lekin joriy yildagi ilk reytingdayoq boshqa flagman undan zo‘r chiqqan.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Xiaomi Mi 11 smartfoni o‘z yurtida savdoga chiqqanida, besh daqiqadayoq 350 mingta sotilgan. Kompaniya mazkur flagmanining global versiyasini allaqachon AQShning Federal aloqa komissiyasi – FCC sertifikatsiyasidan o‘tkazgan. Uning taqdimoti 8 fevral kuni, global talqindagi MIUI 12.5 grafik qobig‘ining namoyishi bilan birga bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Lekin ishlab chiqaruvchi Xiaomi Mi 11 modeli uchun Yevropada juda qimmat narxlar belgilamoqda, deyapti insayderlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning tezkor/ichki xotirasi 8/128 gigabaytlik varianti 800 yevrodan sotiladi. Xitoyning o‘zida esa shunisiga 516 yevroga teng narx qo‘yilgan. Flagmanning 8/256 gigabaytlik modifikatsiyasini xitoyliklar 555 yevrodan olayotgan bo‘lsalar, yevropaliklar ayni shunaqasi uchun 900 yevro to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib turibsizki, global bozorga mo‘ljallangan narxlar Xitoydagisidan deyarli bir yarim baravarga qimmat. Shundan kelib chiqib taxmin qilish mumkinki, flagmanning hali taqdim etilmagan yanada ilg‘or versiyasi – Xiaomi Mi 11 Pro uchun dunyo bozorida kamida 1000 yevro so‘rashadi.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!