Tayyorgarlik ko‘ravering – sentyabrdanoq eski Facebook butkul yo‘q bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  4147
  •  21.08.2020 13:03

Tayyorgarlik ko‘ravering – sentyabrdanoq eski Facebook butkul yo‘q bo‘ladi!

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ko‘pdan beri yuzerlarni yangicha foydalanuvchi interfeysga o‘tish imkonini berib kelmoqda. Agar uni sinab ko‘rsangiz va ma’qul kelmasa, yana oldingi interfeysiga qaytish imkoni mavjud.

O‘QING: Facebook mashhur servisni $400 mln.ga sotib olib, Instagram’ga qo‘shdi

Ijtimoiy tarmoq ma’muriyatining xabar berishicha, Facebook’ning hozirgi – eski interfeysi shu yilning sentyabr oyida iste’moldan olib tashlanadi. Barcha foydalanuvchilar yangi interfeysga o‘tkaziladi va keyin ortga qaytish imkoni ham bo‘lmaydi.

Tarmoqning yangi interfeysi 2019 yili taqdim etilgan bo‘lib, u ko‘proq Facebook mobil ilovasi interfeysiga o‘xshab ketadi. Unda veb-saytning turli bo‘limlariga, shu jumladan Watch hamda Marketplace’ga tezkor o‘tishni ta’minlovchi navigatsiya paneli yo‘lga qo‘yilgan. Facebook logotipi ham o‘zgartirilgan.

Facebook dasturchilari yangi interfeysning o‘ziga xos qulayliklari, yangi funksiyalari borligini ta’kidlashmoqda. Jumladan – yengillashtirilgan dizayn, matnlarning kattalashtirilgani, tezroq yuklanishi va to‘qrang rejim kabilar.

Demak, sentyabrda birdan noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun, siz ham hozirdanoq Facebook’ning yangicha interfeysiga o‘tib olganingiz va uning o‘ziga xosliklarini o‘zlashtirib borganingiz ma’qul.

O‘QING: Telegram’da sizga foydali o‘zgarish yuz berdi, lekin bunga Facebook’ning nima daxli bor?