TCL o‘rama ekranli antiqa televizorini namoyish qildi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  595
  •  31.10.2020 16:40

TCL o‘rama ekranli antiqa televizorini namoyish qildi! («jonli» video)

BOE Technology kompaniyasi SID Display Week 2019 ko‘rgazmasida ekrani trubacha shaklida o‘raluvchi smartfon prototipini namoyish etgan edi. Joriy yilning boshidagi CES 2020 tadbirida TCL kompaniyasi ham shunday texnologiyaga ega smartfon tayyorlayotganini aytgan. Kuni kecha esa...

O‘QING: O‘rama smartfonni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ramiz!

Mazkur kompaniya bu bilan to‘xtab qolmadi – o‘raluvchan displey texnologiyasini endi televizorga ham tatbiq etdi. TCL ko‘rsatgan «jonli» videodagi televizor ekrani tikkasiga o‘ralib, yig‘ilib tura oladi.

Kompaniya yangi ishlanmasining texnik xususiyatlarini ma’lum qilmagan, shuningdek, bunday televizorning bozorga chiqish-chiqmasligi ham noma’lum.

TCL mahsulotidan farqli ravishda, bungacha boshqa kompaniyalar ishlab chiqqan o‘rama ekranli televizorlarning displeylari pastdagi asosga yig‘ilib turadi. Jumladan, biz LG kompaniyasi (LG Display) tayyorlagan shunaqa OLED-televizor videosini, yana Sharp ishlab chiqqan o‘rama televizor videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!