Tecno kompaniyasi Samsung'ni masxara qilishga urindi

Tecno kompaniyasi Samsung'ni masxara qilishga urindi

Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va ularning marketing bo‘limlari vaqti-vaqti bilan o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlarida hazil post qoldiradilar va ba’zida ushbu hazillar juda kulgili chiqadi. 

O‘QING: 18GB tezkor xotira hamda 1TB doimiy xotiraga ega bo‘lgan flagman smartfon chiqmoqda 

Tecno, rivojlanayotgan bozorlarda o‘zining arzon qurilmalari bilan mashhur bo‘lib borayotgan smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Ushbu kompaniya o‘zining Twitter akkauntida “try to something new“ (yangilik qilishga harakat qiling) hamda “don't repeat the samesong“ (bir qo‘shiqni takrorlamang) deya post qoldirgan. Bu yerda “samesong“ (aslida same song) so‘zi bilan Tecno kompaniyasi Samsung'ni ustidan kulishga harakat qilgan. 

Bu yangi Phantom X smartfoniga qaratilgan marketing harakatining bir qismi bo‘lib, xaridorlarni «yangi dizayndagi» smartfon sotib olishga undaydi. 

Foto: GSMArena

Tecno nega aynan dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyani tanlaganini tushunish qiyin. Biroq yangi Tecno Phantom X qurilmasining dizayn ko‘rinishi 2018 yilda ishlab chiqarilgan Galaxy S9+ smartfonini eslatib yuboradi. 

Foto: GSMArena

Ehtimol, bu shunchaki diqqatni o‘ziga jalb qilish uchun o‘ylab topilgan reja bo‘lishi mumkin. 

O‘QING: Android 12 hamda One UI 4.0 operatsion tizimiga o‘tuvchi Galaxy smartfonlar ro‘yxati 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!