Tecno noodatiy dizayndagi smartfonni taqdim etdi

Tecno noodatiy dizayndagi smartfonni taqdim etdi

Tecno kompaniyasi iyun oyida Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Camon 19 Pro modelini taqdim etgan edi. Qurilmaning o‘sha vaqtda ikki xil rangli turi bor edi. Endi ranglar tanlovi uchtaga yetdi.

Tecno Camon 19 Pro Mondrian - kompaniyaning rangini o‘zgartira oladigan birinchi smartfoni bo‘ldi. Dizayn 20 asrning eng mashhur rassomlaridan biri Piyet Mondrianning mavhum rasmlari asosida yaratilgan.

Bir necha ranglarni o‘zgartira oluvchi smartfon polixromatik fotoizomer texnologiyasiga ega. Monoxrom orqa panelni turli xil yorug‘lik ostida bir nechta ranglar bilan ko‘rsatishga imkon beradi.

Smartfon dizayni unchalik murakkab emas – turli xil to‘rtburchaklar quyosh nuri ta’siridan keyin turli xil ko‘k va binafsha ranglarni ko‘rsatadi. Qurilmani takroriy sinovdan so‘ng ishlab chiqarish boshlangan.

Dizayn bozor uchun yangi, biroq texnik ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan. Smartfon Helio G96 chipi, 64MP asosiy, 2x optik zumga ega bo‘lgan 50MP telefoto hamda 2MP makro kameralar bilan jihozlangan. Asosiy va telefoto kameralar optik stabilizatsiyaga ega bo‘lib, HDR imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Smartfonning faqat 4G versiyada sotuvga chiqadi. Uning narxi taxminan 225 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Snapdragon 4 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!