Tecno smartfon kameralarini yaxshilash uchun mashhur kompaniya bilan hamkorlik qiladi

Tecno smartfon kameralarini yaxshilash uchun mashhur kompaniya bilan hamkorlik qiladi

Kecha Tecno Mobile veb-seminar tadbirini o‘tkazdi. Tadbirda kompaniya o‘zining yangi smartfonlariga RGBW kamera sensorini o‘rnatish uchun Samsung bilan hamkorlik qilayotganini e’lon qildi. 

Tadbirda, shuningdek, ISOCELL GWB sensori va ushbu sensorning asosiy xususiyati - RGBW rang filtri haqida qisqacha ma’lumot berildi. 

Yangi 64 megapikselli sensor qizil, yashil va ko‘k ranglar qatorga oq sub-pikselni qo‘shadi, bu esa sensorning yorug‘lik qabul qilish darajasini yaxshilaydi. Ushbu sensor Tecno smartfonlariga 2022 yildan boshlab o‘rnatiladi. 

Sony, Huawei, vivo va Oppo kompaniyalari avvalroq o‘z smartfonlarini RGBW sensorlari bilan jihozlagan edilar. Ayniqsa, Huawei'ning ushbu sensorga ega bo‘lgan smartfonlari ajoyib suratlarni taqdim etar edi. 

Samsung o‘zining yangi sensori yordamida tungi paytda ham sifatli va yorug‘ suratlarni olishga hamda ranglar aniqligini oshirishga harakat qilmoqda. 

Avvalroq kompaniya Galaxy S22 seriyasi uchun 50 megapikselli RGBW sensori ustida ishlayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. 

O‘QING: Tecno kompaniyasi Samsung'ni masxara qilishga urindi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.