Tekis monitor olgan yaxshimi yoki buklanadigan? Nimaga ikkalasi ham emas?

Tekis monitor olgan yaxshimi yoki buklanadigan? Nimaga ikkalasi ham emas?

Geymerlar, kompyuter qurilmalari ishlab chiqaradigan Corsair kompaniyasi ikkitasi birda bo'lgan yangi monitorni taqdim qildi. Gap shundaki, Xeneon Flex 45WQHD240 nomli monitor buklanadigan xususiyatga ega, ya'ni undan ehtiyojga qarab tekis yoki buklangan holatda foydalanish mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, buklanuvchi displey LG Display'ning W-OLED paneliga asoslangan bo'lib, Corsair o'zining Xeneon Flex monitorini ishlab chiqarishda koreyalik kompaniya bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Qizig'i shundaki, LG Display o'tgan yilgi CES ko'rgazmasida taqdim qilgan motorlar yordamida o'zi buklanadigan/tekislanadigan monitor prototipidan farqli o'laroq, Corsair'ning yangi monitorini uning ikki yon chetida joylashgan ushlagichlar bilan qo'lda bukishingiz kerak bo'ladi. Undanam qizig'i shundaki, siz monitorning chap yoki o'ng tomoni egriligini o'zingiz to'g'irlashingiz, ya'ni bir tomonni tekis, boshqa tomonni egri qilib olishingiz mumkin. 

Texnik xususiyatlari haqida gapiradigan bo'lsak, monitor 45 dyuymli, 3,440x1440 rezolyutsiyadagi, tomonlar nisbati 21:9 bo'lgan ultra keng panelga ega bo'lib, uning yangilanish tezligi 240 gerts, eng yuqori yorqinligi esa 1000 nitsni tashkil qiladi. Maksimum buklanuvchanligi 800R (R - radius). Shuningdek, monitor HDMI, DisplayPort, USB-C, USB-A va naushnik uyasiga ega.

Afsuski, hozircha Xeneon Flex'ning qachon sotuvga chiqarilishi va narxi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.

O'QING: Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 6 Gen1 chipini taqdim etadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!