Telefon orqali koronavirus yuqtirib olish mumkinmi?

  •   DiMaX
  •  409
  •  07.08.2020 13:03

Telefon orqali koronavirus yuqtirib olish mumkinmi?

6 avgust kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva koronavirus infeksiyasi bo‘yicha muhim savollar yuzasidan javob qaytardi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Blokatorlar koronavirusdan saqlaydimi?

Savol: Mobil telefon orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirishim mumkinmi?

Javob: Mobil telefon orqali infeksiya yuqtirish ehtimoli yuqori, bu yuqishning kontakt yo‘li hisoblanadi.

Telefonni, ayniqsa, yuzga tegadigan gadjet korpusni antiseptik vositalar bilan muntazam tozalash zarur.

Agar telefonda g‘ilof bo‘lsa, uni yechib, alohida tozalash kerak. Eng yaxshisi, tarkibida spirt bo‘lgan bir martalik nam salfetkalardan foydalangan ma’qul.

O‘QING: Telefonlar endi o‘z-o‘zini dezinfeksiya qiladigan bo‘ladi!