Telefon uchun "Counter Strike 1.6" o'yining yangisi chiqmoqda

Telefon uchun

"Otishma o'yin" deganda birinchi bo'lib hayolga keladigan Counter-Strike 1.6, afsuski, mobil qurilmalar uchun chiqarilmagan, lekin undan ilhomlanib yaratilgan Special Forces Group 2 mobil o'yini smartfonda ham afsonaviy shuter tajribasini yetkazib bera oladi. Android uchun Forge Games, iOS uchun esa GD Company tomonidan taqdim qilinadigan o'yin bugungi kundan 100 milliondan ortiq o'yinchilarga ega va endilikda uning yangi qismi chiqarilishi ma'lum bo'ldi.

Screenshot Image

Ikki kun oldin Forge Games o'zining rasmiy sahifalarida S.F.G. 2 shuterining davomi Special Forces Group 3 nomli o'yinning ochiq beta sinovini boshlaganini e'lon qildi. Yaxshilangan grafik ko'rinishlar va yangi stildagi menyuga ega bo'lgan o'yinda yangi xaritalar, shuningdek, qurollar va qahramonlar uchun yangi skinlar mavjud.

O'yinning O'zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va Ukraina davlatlari uchun ochiq qilingan beta versiyasini hozirda Android uchun Google Play Store'dan yuklab olish mumkin (havola).

O'QING: PUBG va COD MOBILE uchun raqobatchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!