Telefonlar endi o‘z-o‘zini dezinfeksiya qiladigan bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  595
  •  06.08.2020 08:57

Telefonlar endi o‘z-o‘zini dezinfeksiya qiladigan bo‘ladi!

Chang, iflos muhit va barmoq izlari sensorning ishlash samaradorligini kamaytiradi va smartfonga ham ta’sir o‘tkazadi. Apple bunga qarshi texnologiya ustida ishlamoqda, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Olimlar koronavirus yuqqan smartfonni dezinfeksiyalash yo‘llarini aytishdi!

Ayniqsa pandemiya davrida gadjetlar nafaqat aloqa vositasi, balki bevosita virus tashuvchiga ham aylanib qoldi. Endilikda mobil qurilmani tozalash va zararsizlantirish dolzarb masalaga aylandi.

Qayd etilishicha, Apple o‘zining tozalash tizimiga ega bo‘ladigan texnologiyani ishlab chiqmoqda. Bunga ultrabinafsha nurlanishi orqali ozonni hosil qiladigan maxsus sensorlar orqali erishiladi. Shu tarzda telefonlar va Apple Watch soatlari qurilma ichidagi «keraksiz organik elementlar»dan xalos bo‘lishi, hatto ularni parchalab yuborishi ham mumkin.

Bundan tashqari, gadjetlar kelajakda havoning bosimi, namligi va ifloslanishini aniqlashga ega bo‘lgan maxsus sensorlar bilan boyitiladi. Shuningdek, Apple avval ham havoda zaharli gazlar mavjudligini aniqlash texnologiyasi ustida ish olib borgan.

Bunday sensorlarga ega qurilmani yaratishda ishlab chiqaruvchilar ularning atrof-muhitga yuqori sezuvchanligi muammosini hal qilishi kerak bo‘ladi. Aks holda qurilmalar ishida xatolik kuzatilib, ular nafaqat ifloslanish, balki atrofdagi barcha organik moddalarga reaksiya qilishi mumkin.

O‘QING: Koronavirusdan himoyalanish uchun smartfonni nima bilan va qanday tozalash kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!