Telegram 5.15: yangilangan profil, atrofdagilarni topish va Valentin kuniga animatsiyali emodzilar!

  •   DiMaX
  •  2516
  •  14.02.2020 15:06

Telegram 5.15: yangilangan profil, atrofdagilarni topish va Valentin kuniga animatsiyali emodzilar!

Ommabop messenjer – Telegram jamoasi uning yangilangan mobil ilovasini taqdim etdi. Telegram 5.15 versiyasidagi asosiy o‘zgarishlarga bir nazar solamiz.

O‘QING: Nihoyat, Telegram o‘z kriptovalyutasi haqida rasman izoh berdi – TON va Gram bilan batafsil tanishamiz!

Profillarni ko‘rish osonlashdi

Telegram 5.15 talqinidagi muhim yangilanishlardan biri profil sahifasining yangilanishidir. Unda endi fotosuratlar, videolavhalar va e’lon qilingan havolalarni ko‘rish osonlashgan. Shuningdek, yangi profil katta avatarka bilan ajralib turadi.

Endi istalgan kishining profilini ochganingizda, uning ommaviy materiallari birato‘la profilning o‘zida ko‘rsatiladi. Suratni kattalashtirib ko‘rish uchun profilni pastga tortish kerak.

O‘QING: Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz

Atrofingizda kimlar bor?

Yana bir asosiy yangilik esa kishilarni izlash bo‘yicha People Nearby 2.0 funksiyasidir. Yangi do‘stlar topish uchun siz o‘z profilingiz o‘zingizga yaqin atrofda bo‘lgan kishilarga ko‘rsatilishiga ruxsat berishingiz kerak. Buning uchun «Kontakti» menyusidagi «Nayti lyudey ryadom» bandiga kirasiz:

Multimedia fayllarini tezkor ko‘ramiz

Endi messenjerda fotosurtlarni varaqlsh uchun chap yoki o‘ng burchakka teginish kifoya.

Agarda chatda suhbatdoshning fotosuratiga bossangiz, ilova uni birato‘la kattaytirib ko‘rsatadi.

O‘QING: «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»: internet-firibgarlarning yangi turidan saqlaning!

Animatsiyali emodzilar ko‘paydi

Bundan tashqari, Telegram dasturchilari Valentin kuniga bag‘ishlab yangi animatsiyali emodzilarni qo‘shishgan va yana bir qator mayda yaxshilash ishlarini amalga oshirishgan.

Telegram 5.15 talqinini Android-devayslarga ushbu havola, iOS-qurilmalarga esa mana bu havola orqali yuklab olish mumkin.

O‘QING: Siz uzoq kutgan funksiya Telegram’ga yaqin orada qo‘shiladi!