Telegram 5.8 talqinida geochatlar va boshqa yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  3314
  •  24.06.2019 09:08

Telegram 5.8 talqinida geochatlar va boshqa yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

iOS hamda Android tizimlari uchun ishlab chiqilgan barqaror Telegram ilovasi yangilandi. Unda eng kutilgan imkoniyatlardan biri geochatlar, ya’ni ayni damda joylashuviga ko‘ra yaqin atrofdagi kishilarni topish va o‘zaro yozishish bo‘ldi.

O‘QING: Telegram’da ikki bosqichli autentifikatsiya himoyasini buzib bo‘ladimi?

Geochatlarning yaxshi jihatlaridan biri – bunda muloqot uchun o‘z kontaktlaringizni yoki telefon raqamingizni taqdim etishingiz shart emas. Mazkur yangi funksiyadan foydalanish uchun ilovaning menyusidagi «Kontaktlar» – «Kontakti» bo‘limiga kirib, «Shu atrofdagi kishilarni topish» – «Nayti lyudey nepodaleku» bandini tanlaysiz. Keyin esa geolokatsiya bo‘yicha radiusni belgilaysiz – 100 metrdan 6 kilometrgacha.

Geochatga qo‘shish mumkin bo‘lgan kishilarning soni cheklanmagan, shuningdek, unga boshqalar manzili orqali tezkor qo‘shilishi uchun havola ham yaratish imkoni mavjud. Chatga qo‘shilgan foydalanuvchilar undagi yozishayotgan kishilarning ro‘yxatini ham ko‘ra olishadi. Geochatdagi suhbatlarda maxfiylik sozlamalari ham xuddi shaxsiy yozishmalardagi kabidir: o‘z profilingiz bosh suratini boshqalar ko‘rishini, shuningdek, boshqalarga yo‘naltirilgan xabarlarda ismingiz orqali akkauntingizga o‘tishlarini taqiqlay olasiz.

Agar geochat ochiq tarzda bo‘lsa, bunda undagi yozishmalarni istagan kishi ko‘rishi, chatga qo‘shilishi va yozishi mumkin. Bordiyu yopiq (maxfiy) geochat tashkil etilsa, u holda mazkur yozishmaga faqat maxsus taklifnoma-havola orqali kirish, ko‘rish, yozishish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

Telegram 5.8 versiyasida, geochatlardan tashqari quyidagi imkoniyatlar taqdim etilgan:

Endi istalgan foydalanuvchini (ya’ni, ularning telefon raqamlarini bilmasangiz ham) o‘z kontaktlaringiz qatoriga qo‘sha olasiz.

Guruhli chatlar va kanallarga egalik huquqini, to‘liq ma’mur (administrator) sifatidagi barcha vakolatlarni to‘laligicha boshqa foydalanuvchiga topshirishingiz mumkin.

Muayyan bir chatlarda xabarlarni avvaldan ko‘rish (bildirishnoma kelganida xabar matni aks etishi)ni cheklash mumkin. Shuningdek, «Bildirishnomalardagi istisnolar» – «Isklyucheniya uvedomleniy» bo‘limiga «Qidiruv» («Poisk») hamda «Barchasini o‘chirish» («Udalit vse») jihozi qo‘shilgan.

Yuqoridagi funksiyalardan bahramand bo‘lish uchun, Telegram 5.8 talqinidagi ilovani iOS tizimli gadjetlar egalari mana bu, Android-devayslar sohiblari esa mana bu havolalar orqali yangilab (yoki o‘rnatib) o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!