Telegram 7.5 talqinini qarshi oling: xabarlarni avtomatik o‘chirish, vidjetlar va vaqtincha taklif havolalari

  •   DiMaX
  •  754
  •  24.02.2021 09:45

Telegram 7.5 talqinini qarshi oling: xabarlarni avtomatik o‘chirish, vidjetlar va vaqtincha taklif havolalari

Kuni kecha biz Telegram ilovasiga qo‘shilayotgan yangi imkoniyatlar haqida yozgan edik. Messenjer ma’muriyati shu va boshqa yangi funksiyalarni o‘zida jamlagan apdeytni chiqardi.

O‘QING: TikTok endi eng zo‘ri emas – sizga sevimli ilova dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqdi!

Telegram 7.5 haqidagi rasmiy maqolani Telegram Uzbekistan o‘zbek tiliga o‘girib e’lon qilgan:

Yangi versiyada istalgan chatda xabarlarni avtomatik o‘chirish uchun sozlamalar qo‘shildi, guruh va kanallar uchun taklif havolalari yaxshilandi, bosh ekrandagi vidjetlar orqali chatlarga tezroq kirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, guruhlar endi cheklanmagan sondagi a’zolarga ega bo‘lishi mumkin.

Xabarlarni avtomatik o‘chirish

Telegramda yozishmalaringiz qancha muddat saqlanishi kerakligini faqat siz hal qilasiz va istalgan paytda xabarlarni barcha a’zolar uchun o‘chirib tashlashingiz mumkin. 2013-yildan buyon maxfiy chatlarda xabarlarni avtomatik o‘chirish uchun taymer ham mavjud.

Bugundan boshlab barcha Telegram chatlarida avtomatik o‘chirish taymerini yoqishingiz mumkin. Bu funksiya barcha a’zolar uchun xabarlarni yuborilganidan 24 soat yoki 7 kun keyin avtomatik ravishda o‘chirib tashlash imkonini beradi.

Avtomatik o‘chirish faqat taymer o‘rnatilganidan keyin yuborilgan xabarlarga tatbiq qilinadi, avvalgi xabarlar chat tarixida qoladi. Maxfiy chatlardan farqli ravishda, taymer xabarlar o‘qilganida emas, yuborilganida ishga tushadi.

  • Android qurilmasida taymerni yoqish uchun ⋮ > Tarixni tozalash bandini bosing va vaqtni tanlang.
  • iOS qurilmasida istalgan xabarni bosib turing, Tanlash > ekranning yuqori chap burchagida «Chatni tozalash» > Avtomatik o‘chirishni yoqish bandini bosing.

Har bir xabarning o‘chirilishiga qancha vaqt qolganligini tekshirishingiz  mumkin: buning uchun Android qurilmasida xabar ustiga bosing yoki iOS qurilmasida uni bosib turing.

Guruh va kanallarda faqat administratorlar taymerni yoqishi yoki o‘zgartirishi mumkin.

O‘QING: Firibgarlarning ishini Telegram osonlashtirdi!

Bosh ekran vidjetlari

Eng muhim chatlaringizga tez kirish uchun bosh ekraningizga Telegram vidjetini qo‘shishingiz mumkin. Chatlar vidjeti tanlangan chatlardagi oxirgi xabarlarni, yorliqlar vidjeti esa faqat ismlar va profil rasmlarini ko‘rsatadi.

Android qurilmalarida vidjetdagi chat va xabarlar har doim yangilangan holatda bo‘ladi va ekraningizda ko‘proq joyni egallashi uchun vidjetni kengaytirishingiz mumkin. iOS qurilmalarida tizim cheklovlari sababli vidjetlar yangi ma’lumotlarni vaqti-vaqti bilan oladi va ularni kengaytirib bo‘lmaydi.

Vidjetni qo‘shish uchun bosh ekraningizda barmog‘ingizni bosib turing, keyin Telegramni qidirish uchun Android qurilmasida «Vidjetlar»ni bosing yoki iOS qurilmasida (+) belgisini bosing.

O‘QING: Telegram’ning dunyoda birinchi o‘ringa chiqishi sirini Pavel Durov aytdi

Vaqtincha taklif havolalari

Taklif havolalari guruh va kanallaringizga bir yoki minglab kishi bo‘lsin, yangi a’zolarni chaqirishning tez va oson yo‘li hisoblanadi. Endi asosiy taklif havolasi bilan birga ega va administratorlar qo‘shimcha havolalar yaratishi va ular uchun amal qilish muddati, foydalanishlar sonini yoki har ikkala parametrni cheklashi mumkin.

Istalgan taklif havolasini broshyuralardan tortib reklama shitlarigacha joylash qulay bo‘lgan skanerlanadigan QR-kodga aylantirish mumkin. Yangi a’zolar qayerdan kelganligini yoki qaysi format o‘sish  uchun eng samarali bo‘lganligini bilish uchun har bir taklif havolasi yordamida qaysi foydalanuvchilar qo‘shilganligini ham ko‘rishingiz mumkin.

Taklif havolasini ko‘rish va boshqarish uchun Guruh yoki kanalingiz profilini oching > Tahrirlash > Taklif havolalari rukniga kiring. Havolani QR-kodgaaylantirish uchun (⋮) yoki (⋯) belgisini bosing.

O‘QING: RASMIY BAYoNOT: Telegram asoschisi Clubhouse’da bormi?

Cheklanmagan a’zolarga ega guruhlar

Telegram guruhlari xabar, multimedia va stikerlarni almashish uchun 200 000 gacha a’zoga ega bo‘lish imkonini beradi. Cheklovga yaqinlashgan guruhlar endi cheklanmagan sondagi a’zolarga ega bo‘lish imkonini beruvchi translyasiya guruhlariga aylantirishi mumkin.

Translyasiya guruhiga aylantirilganida faqat administratorlar xabar yubora oladigan bo‘ladi, lekin a’zolar ovozli chatlarga qo‘shilishi mumkin.

Translyasiya guruhlari, ayniqsa, administratorlar boshqa a’zolar uchun yangiliklar, sharhlar yoki insaydlarni post qiladigan katta hamjamiyatlarga mos keladi.

Yaxshilangan chatlar importi

Dasturchilarimiz Telegramga o‘tgan oyda qo‘shilgan chatlarni import qilish funksiyasini yaxshilash va kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi yangilanish bilan import qilingan xabarlar endi 1000 ta dan ortiq xabariga ega Telegram chatiga qo‘shilganida asl sanasi bilan birga chiqadi.

Asl sanasi asosida saralash hozircha faqat barcha yakkama-yakka chatlar, barcha yangi yaratilgan guruhlar va kichikroq mavjud guruhlarga import qilinganida ishlaydi.

O‘QING: WhatsApp’dagi yozishmalarni ham Telegram’ga ko‘chirib o‘tkazgach, undagi akkauntimizni qanday o‘chiramiz?

Shikoyatlarni yuborish tizimida yangilanish

Telegram moderatorlari har oy millionlab ommaviy materiallar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Tekshiruvni tezlashtirish uchun endi ilova sizdan shikoyatni yuborish paytida har doim zarur xabarlarni belgilashni so‘raydi.

Shu bilan birga, tanlangan shikoyat sababidan qat’i nazar soxta hisoblarni xabar qilishdagi kabi qo‘shimcha fikr bildirish imkonini beruvchi shakl paydo bo‘ladi.

Yana boshqa animatsiyali emojilar

Biz har bir yangilanishda yangi animatsiyali emojilarni qo‘shishda davom etamiz. Istalgan chatda bitta emojini yuborish orqali quyidagi yangi qahramonlarni sinab ko‘ring.

Bugungi barcha yangiliklar shular, yangilanishlarni kuzatib boring.

Telegram jamoasi,

2021 yil, 23 fevral.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!