Telegram ilovasi 8.6 versiyaga yangilandi

Telegram ilovasi 8.6 versiyaga yangilandi

Android, iOS, macOS uchun Telegram ilovasi 8.6 versiyaga, kompyuter uchun Telegram Desktop dasturi esa 3.6. versiyaga yangilandi. Yangilanishda yuklanmalarni boshqarish uchun yangi vositalar, media albomlarni yuborishdan oldin ularni qayta tartiblash, Android uchun yangi dizaynlangan interfeys va boshqalar taqdim etilgan. Ular bilan quyida bir-birma bir tanishishimiz mumkin:

Yuklanmalar menejeri — ushbu funksiya yordamida endi siz Telegram'dan yuklab olayotgan fayllaringizni bir joyda ko'rishingiz va ularni boshqarishingiz mumkin bo'ladi.


Biron faylni yuklab olishni boshlaganingizda ilova qidiruv panelida yuklab olish ikonkasi paydo bo'ladi yoki shunchaki qidiruvdan "Yuklanmalar" rukniga o'tishingiz ham mumkin. Yuklanmalar ruknida avval yuklab olgan yoki ayni vaqtda yuklanayotgan fayllaringizni ko'rishingiz, ularni pauza qilishingiz yoki pauzadan davom ettirishingiz yoki birortasining ustuvorligini oshirishingiz, hamda chatda ko'rish uchun birontasini tanlashingiz mumkin bo'ladi.

Yangi biriktirmalar menyusi bilan endi siz bir nechta rasm yoki videolarni yuborishdan oldin albom yuborilganida chatda qanday koʻrinishiga razm solishingiz, shuningdek, tanlangan mediani qayta tartiblashingiz mumkin bo'ladi.


Shu bilan birga, Telegram'da oldin yuborgan fayllarni "Fayllar" ruknidan ko'rish imkoniyati ham yaratilgan.

Android ilovadagi vizual ko'rinishning yaxshi o'zgarishlaridan biri - bu yarim shaffof ko'rinishning qo'shilganligini bo'lib, u yuqori sarlavha paneli uchun amal qiladi.


Qo'shimchasiga endi Android va macOS ilovalarida akkauntga kirish endilikda yangi ravon animatsiyalar bilan o'zgartirilgan.


Xususan, macOS uchun Telegramda “Matritsa” filmidan ilhomlanilgan QR kod orqali kirish ekrani paydo boʻldi.


Sezilarli yangiliklardan yana biri shundaki, endi telefon raqamingizdan unikal @username sifatida foydalanishingiz yoki boshqalarni ham telefon raqamlari orqali tezroq topishingiz mumkin bo'ladi.


Bunda t.me/ havolasidan keyin telefon raqamni xalqaro formatda yozish kerak. Albatta bu funksiya faqat maxfiylik sozlamalarida boshqalarga telefon raqamingiz orqali topish imkonini berganingizdagini ishlaydi xolos.

Blogerlar, jurnalistlar endilikda Telegram'dan strim qilish platformasi kabi foydalanishi mumkin. So'nggi yangilanishda Telegramga boshqa ilovalar: OBS Studio va XSplit Broadcaster kabi striming vositalari yordamida jonli efirlarni amalga oshirish imkoniyati qo'shildi.


Boshqa dasturlar bilan strim qilish uchun guruhda videochat yoki kanalda jonli efirni boshlashda “Boshqa vosita orqali” tugmasini bosish, keyin esa server va kalitdan nusxa olib, o'sha ilovaga kiritish kifoya. Tomoshabinlar yangilanishni ko'rish uchun ilovalarini so'nggi versiyaga yangilagan bo'lishlari kerak.

Endi Telegram akkauntingiz bo'lmasa ham brauzerda t.me havolalari orqali istalgan ommaviy kanalni oldindan ko'rishingiz mumkin bo'ladi.


Masalan, t.me/terabaytuz havolasini brauzerda oching va "Kanalni oldindan ko'rish" tugmasini bosing.

Telegram ilovangizni so'nggi versiyaga yangilab olishingiz maslahat beriladi.

O‘QING: Telegram'ga "Statuslar" funksiyasini qo‘shish taklif qilinmoqda