Telegram anonim virtual raqam xizmatini ishga tushiradi

Telegram anonim virtual raqam xizmatini ishga tushiradi

Android uchun Telegram ilovasining so'nggi beta versiyasida Fragment platformasidan sotib olsa bo'ladigan virtual telefon raqamlari haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi: "Bu raqam SIM-kartaga bog'lanmagan va u Fragment'dan olingan."

Ma'lum bo'lishicha, +888 prefiksli bunday raqamlar bilan siz Telegram akkauntga ham kira olasiz. Hozircha aniq ma'lumotlar mavjud emas, lekin shuni aytish mumkinki, bunday virtual telefon raqamlar ham Fragment'da sotilayotgan foydalanuvchi nomlari kabi shunchaki kolleksiya qilinishi bo'lishi mumkin yoxud ular haqiqiy telefon raqam o'rnini bosa olmaydi va ular bilan akkaunt yaratib bo'lmaydi.

O'QING: Telegram Desktop 4.3.3 versiyaga yangilandi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!